XIZMATLAR HAQIDA MA'LUMOT

Yuk tashish

truck
Yuk tashish uchun
4 turdagi avtotransport
availability
Bepul transport
har doim mavjud
capacity
Yuk tashish hajmi
avtomobil uchun 22 tonna

Avtomobilda xalqaro yuklarni tashish – asosiy xizmat turlaridan biri. Bunday turdagi tashishning shubhasiz afzalliklariga manyovrlilik va harakatchanlik, yuklarni yetkazishning yuqori tezligi kiradi. Shuningdek, yuklarni ortiqcha yuklamagan holda, bevosita jo‘natuvchining omboridan qabul qiluvchining omborigacha yetkazib berish, yuklar saqlanishining yuqori darajasi ham juda muhimdir.

Litez Services MChJ avtomobilda xalqaro tashish bo‘yicha O‘zbekiston Respubliksidagi yetakchi kompaniyalardan biridir.

Biz yukingizning to‘liq xavfsizligini ta’minlaymiz va mahsulotning tashish paytidagi butligi uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olamiz.

Bizning haydovchilar har qanday turdagi mahsulotlar, shu jumladan xavfli yuklar bilan ham muomala qilish tajribasiga egadirlar, hamda ko‘p yillik tajriba ularga har qanday o‘ta xavfli va og‘ir ob-havo sharoitlarida transportni boshqarish imkonini beradi.

Yukni tashish paytida Siz doimo yukingiz qayerda ekanligini va uni Sizga qancha vaqt oralig‘ida yetkazishlarini bilasiz.

Bizning menejerlarimiz Siz uchun ortish nuqtasidan tushirish nuqtasigacha bo‘lgan eng yaxshi va manfaatli yo‘nalishni ishlab chiqishadi.

Tez-tez so'raladigan savollar

Yukni avtotransportda yetkazishning asosiy afzalliklari – tejamkorlik, harakatchanlik va infratuzilma yuklanganlik darajasidan mustaqil ekanligidir. Shuningdek, yuklarni yetkazishni temiryo‘l, dengiz, hamda aviayetkazish orqali ham amalga oshirishimiz mumkin.

Narxni tez hisoblash uchun quyidagilar zarur:

            a- to‘liq yo‘nalish (eksport va importga bojxona tozalash joylarini kiritgan holda), ortish omborlarining soni.

            b – brutto vazn (yuk mashinasining har bir o‘qiga 10 tonnadan ortiq bo‘lmagan cheklov), odatda yuk mashinasini to‘ldirishning to‘g‘ri sxemasida, brutto vazn 21 tonnadan ortiq bo‘lmasligi kerak.

            v – mahsulotning xususiyati (turli xil turdagi mahsulotlar qo‘shimcha jihozlash yoki harorat me’yorini talab etadi).

            g – qadoqlash turi (masalan bog‘lamlar, quti-tagliklar, qoplar, uyumlar va boshq).   

d – avtomobil turi  (maxsus ishlar uchun mo‘ljallangan kichik o‘lchamli texnikadan tashqari, tijorat yuk tashuvchi avtotransport 15 kubdan 120 kubgacha bo‘lgan kuzov hajmi, hamda 2 tonnadan 22 tonnagacha bo‘lgan yuk ko‘tarish imkoniyatiga qarab ko‘p turlarga bo‘linadi).

e – ortish sanasi (narxlar mavsum omillari va bo‘sh avtomobillarning mavjud ekanligidan kelib chiqqan holda farq qiladi). Odatda eng yaxshi narxni haqiqatdagi ortish sanasidan 2-3 kun avval olish mumkin.

О

Yuk eksportga bojxona tozalashidan o‘tishi kerak (odatda buni jo‘natuvchi/fabrika amalga oshiradi). Hujjatlar ro‘yxati: invoys/ hisob-faktura, qadoqlash varag‘i, kelib chiqish sertifikati (ST 1), muvofiqlik sertifikatlari (tovar xususiyati va TIF TN kodidan kelib chiqqan holda), СМР (yo‘l yukxati), TIR Karnet (tranzit davlatlarning bojxona talablaridan kelib chiqqan holda), bojxona yuk deklaratsiyasi (elektron versiya).

Odatda fabrikalar/ eksport qiluvchilar yukni eksport qilish uchun bojxona tozalashi bilan bog‘liq barcha amallarni o‘zlari bajarishadi. Import qilishda qabul qiluvchi bojxona tozalashini o‘zi amalga oshiriadi, lekin Sizga yordam kerak bo‘lsa, biz bunday turdagi bojxona amallarini bajarish uchun bizning ishonchli brokerlik kompaniyalarimizning xizmatlarini taklif qilishimiz mumkin.

Kompaniyamizning menejeri istalgan paytda Sizning yukingiz qayerda ekanligini aniqlashtirib berishi mumkin. Bundan tashqari, bizning avtomatik kuzatish tizimimiz, Sizga har bir buyurtmanoma bo‘yicha kundalik ravishda kichik hisobot yuboradi.

Bizning kompaniya deyarli barcha hududlardan yuk tashishlarni amalga oshiradi va shu sababli Bizda ko‘p ekport qiluvchi fabrikalar bilan aloqa uchun ma’lumotlar mavjud. Biz Sizni ular bilan bepul bog‘lab berishimiz mumkin. Bu Sizga fabrikani tanlash bo‘yicha kuch va vaqt sarflanishini kamaytirishga yordam beradi.