ООО LITEZ SERVICES

Kompaniya haqida

LITEZ SERVICES MChJ — Yevropa, Osiyo va MDH davlatlari hududlari bo‘ylab xalqaro avtomobilda yuk tashish (asosiy xizmat turlaridan biri) bilan shug‘ullanuvchi transport-ekspeditorlik kompaniyasi.

Bunday turdagi tashishning qanday afzalliklari mavjud?

Bunday turdagi tashishning shubhasiz afzalliklariga manyovrlilik va harakatchanlik, yuklarni yetkazishning yuqori tezligi kiradi. Shuningdek, yuklarni ortiqcha yuklamagan holda, bevosita jo‘natuvchining omboridan qabul qiluvchining omborigacha (Door to Door) yetkazib berish, yuklar saqlanishining yuqori darajasi ham juda muhimdir.

Yuk tashishlarning yo‘nalashlari

Kompaniyamizning xodimlari deyarli har qanday yo‘nalishda avtomobilda yuk tashishlarni tashkillashtirishda katta tajribaga egadirlar. O‘zbekistonda joylashgan holda va nafaqat yuk tashish sohasining xususiyatlari, balki mahalliy qonunchilik, yuklarni rasmiylashtirish va bojxona tozalashidagi bojxona amallarining o‘ziga xosliklarini a’lo darajada bilgan xodimlarimiz, yuk tashishni tashkillashtirishda, eksport yoki import bo‘yicha maslahat berishda to‘liqligicha ko‘maklashishadi, hamda mijozlarimizga deyarli har qanday masalada, imkon boricha yordam berishadi.

Quyidagi kompaniyalar bizning doimiy mijozlarimiz orasidan joy olishgan: 

Rossiya: TransXim, Охana Market, Stroydetal zavod, Vtor-Kom, Torgoviy Dom TAYPIT, GARLAYN, Aprel (Intakt), Magnit (Tander), MelonFeshn, Stil Treyd (Yevropa Elit), VEGA GROUP, Rusximvolokno, С2 GRUPP, Kempartners, Terrateks, Mishel, KZNM, Impuls, Uralskiy Tekstil va boshq.

O‘zbekiston: Runamtex, Tubo Textile, Urganch Baxmal, HUMO IMPEKS, FERSTYLETEX, Xojaobod turon tekstil, AKFA EXTRUSIONS, BS TEXTILE FARGONA, OSBORN TEXTILE, Sam Negin, BAHT EXPORT, BAXODIR LOG‘ON TEKSTIL, SAFF TEXTILE

Belorussiya: Metaprom, Rechitskiy Tekstil

Polsha: TORUSNET, PPH LEGS, Tkanfarb Business Management

Moldova: TAGAER SRL, Triomac, TAROL-DD, MEGATEX-PRO

Litva: MERBONAS

Yuklarning turlari

Biz tekstil va yengil sanoat, metallurgiya, mahsulotlar (BEM), xomashyo va ehtiyot qismlarini yetkazishni amalga oshirish bilan shug‘ullanamiz.

Kompaniya tarixi

Oyiga atigi bir nechta yuk tashish va kam sonli mijozlardan ish boshlagan holda, jamoamiz katta, muntazam ravishda rivojlanib borayotgan ekspeditorlik kompaniyasiga aylandi. Biz har oyda 400 tadan ortiq yuk tashishni amalga oshirmoqdamiz va ularning soni har hafta oshib bormoqda.

Kompaniya asoschisining transport sohasidagi katta tajribasi, kichik kompaniyani nisbatan qisqa muddatda yirik ekspeditorlar orasiga (oyiga 30 mlrd so‘mdan ortiq aylanma mablag‘li) kiritishga imkon berdi.

Turli xil davlatlardagi ko‘p sonli kompaniyalar bizga o‘z yuklarini ishonib topshirishmoqda va bu LITEZ SERVICES MChJ kompaniyasiga bo‘lgan yuqori darajadagi ishonchning yana bir dalilidir.

Bizning vazifamiz

Mijozlarimizning yuklarini dunyoning deyarli har qanday nuqtalaridan arzon, ishonchli va tezda yetkazish. Logistika masalalarini yechishni o‘z zimmamizga olgan holda, nafaqat mablag‘, balki eng qimmatbaho narsa – vaqtni tejagan holda biznes-maqsadlarni amalga oshirishda ko‘maklashish! Ishonchli logistika – faoliyatdagi muvaffaqiyatlar kalitidir!

0 +
yillar sohasida
0 +
mijozlar
0
ming tonna yilga
0 kun
buyurtmani bajarish

Afzalliklari

Avtotransport vositasida yuklarni etkazib berishning asosiy afzalliklari-samaradorlik, harakatchanlik va infratuzilmaning ish yuki darajasidan mustaqillik.
Door

Eshikdan eshikgacha

"Eshikdan eshikgacha"xizmati doirasida to'g'ridan-to'g'ri yuklash va tushirish joyiga transport yetkazib berish

Zudlik bilan

Muddatli buyurtmalarni bajarish qobiliyati

Yuqori tezlik

Yuqori tezlikni ta'minlash, ayniqsa qisqa masofani bosib o'tishda