Rossiyada benzin va dizel yoqilg‘ilari uchun aksiz to‘lovlarining miqdori oshdi

lovlarining miqdori oshadi.

Bir tonna benzin uchun bo‘lgan aksiz  2,7  ming rublga oshadi va 8,258 ming rublni tashkil etadi, bir tonna dizel yoqilg‘isining aksizi esa —  3,7 ming. rublga oshib, 11,892 ming  rublga teng bo‘ladi. Umuman olganda,bu aksizlarning o‘sishi emas, shunchaki ularning 2018 yil 1 iyulda o‘rnatilishi kerak bo‘lgan ko‘rsatkichlarga chiqarilishidir.  O‘sha vaqtda benzin narxining keskin ko‘tarilib ketgani tufayli, hukumat aksizlarning o‘sishini to‘xtatib turib, bozorni barqarorlashtirgan edi.

Bundan avvalroq Hisob palatasi benzinga bo‘lgan aksiz narxlarining o‘sishi, bu holatning qaytarilishi va yoqilg‘i narxlarining yana ko‘tarilib ketishiga olib keladi, deb ta’kidlagandi. Lekin bu masalani hal qilish usullari  hukumat tomonidan oldindan ishlab chiqilgan. 

Moliya vazirligi rahbari va bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Anton Siluanov bundan avvalroq: «Biz neftni qayta ishlovchi korxonalarga salbiy aksiz degan vosita yordamida qo‘shimcha mablag‘lar beramiz. Natijada bu qayta ishlangan neft mahsulotlarining ichki bozordagi narxining oshishiga olib kelmaydi.» — deb ta’kidlagan edi.

Bundan tashqari, vaziyat og‘irlashadigan bo‘lsa, neft sohasida ishlovchilarga eksport uchun boj kiritilishi, hamda tashqi bozorga chiqariladigan neft miqdorini chegaralash va neft mahsulotlarini ichki bozorga yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlarni yuklash kabi choralarni ham istisno qilmadi.