«Belneftxim»: Benzinning narxi keyinroq tushadi.

Bundan avvalroq ma’lum qilingan,2 yanvarda avtomobil yoqilg‘isi narxining tushishi  sodir bo‘lmadi.Ammo «Belneftexim» korxonasi, yaqin kunlarda benzin narxi tushadi,deb va’da bermoqda.

Bu ma’lumotni korxona vakili Marina Kostyuchenko tasdiqladi.

 «Men,kim kimga aynan 2 yanvardan,benzin narxining tushishi haqida va’da berganini bilmayman. Korxona rahbari Andrey Ribakov, 30 dekabrda «Naftan» korxonasiga tashrif buyurgan vaqtida 2-3 yanvarda bu masalani muhokama qilamiz,deb aytdi. Agar qaror qilsak- albatta, narxlarni tushiramiz. Lekin aniq 2 yanvardan narxlarni tushirish rejalashtirilmagan edi. Biroq, biz haqiqatda narxlarni bir oz tushirishni taklif qildik. Bunday qaror yaqin orada qabul qilinishini kutyapmiz», - deb aniqlik kiritdi Marina Kostyuchenko.

30 dekabrda  «Belneftexim» korxonasining rahbariyati motor yoqilg‘isining ichki bozor uchun o‘rnatilgan narxini pasaytirish bo‘yicha taklif kiritdi. Bu haqida korxona rahbari Andrey Ribakov «Naftan» OAJga tashrifi vaqtida aytib o‘tdi.

Andrey Ribakovning :«Agar 2019 yilning yanvar oyida bir barrel neftning haqiqatdagi narxi 52-55 dollar oralig‘ida saqlanib tursa, dizel yoqilg‘isi narxini 1 kopeykaga va benzin narxini 2 kopeykaga tushirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek,bayram chegirma dasturi ham ko‘zda tutilgan», - degan so‘zlarini  BelTA yetkazmoqda.