O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaradagi transport vositalari yig‘ilib qolishi bilan bog‘liq muammoni hal qilishdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlarning chegarasida joylashgan chegara oldi o‘tish punktlarida transport vositalarining yig‘ilib qolishini tartibga solish bo‘yicha tadbirlarni muhokama qilishdi, deb xabar beradi Qozog‘iston Moliya vazirligining davlat tushumlari bo‘yicha qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Qozog‘iston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Askar Mamin va QR MV  DTQ raisi Marat Sultangaziyevlar ishtirokidagi ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar  o‘tish punktlarini tiklash,takomillashtirish, hamda O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi transport vositalarining yig‘ilib qolishi masalalarini muhokama qilishdi. 

Uchrashuv davomida viloyat bo‘linmalarining rahbarlari darajasida doimiy nazorat olib borib, yuzaga kelgan muammolarni tezkor chora-tadbirlar ko‘rish yo‘li bilan hal etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek,O‘zbekiston-Qozog‘iston davlatlari chegarasidagi o‘tish punktlari o‘rtasida yuklar oqimini teng miqdorda taqsimlash imkoniyati to‘g‘risida kelishuvga erishildi va shu maqsadda har bir tomon bu masalani vakolatli vazirliklar, xo‘jalik uyushmalari va ikkala davlat korxonalari bilan ishlab chiqadi.