Prezident yuk tashish va transport xizmatlari sohasini xususiy korxonalar tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi

28 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev, respublikadagi transport xizmatlarining rivojlanishi mavzulari muhokama qilingan majlis o‘tkazdi.

Hozirgi kunga kelib 2018-2021 yillarda avtomobil trasporti infratuzilmasini rivojlantirish  dasturiga mufoviq, 50 tadan ortiq yo‘lovchi tashish marshrutlari ochildi, 9 ta avtoturargoxlar qurildi, 82 ta yangi avtobuslar sotib olindi.Qirg‘iziston,Qozog‘iston,Tojikistonga boradigan 5 ta xalqaro avtobus yo‘nalishlari ish boshladi.

Shunga qaramasdan, Toshkentda marshrutlarning boshqaruvi past samarali deb topildi. Prezident, hozirgi kunda avtobus parklaridagi eskirganlik 75 % ga teng ekanligiga e’tibor qaratib, poytaxt yo‘lovchi transportini tubdan yangilash kontsepsiyasini ishlab chiqish zarurligini belgilab berdi. Bundan tashqari, avtobus to‘xtash joylarida harakatlanish jadvali ko‘rsatilgan elektron tablolar ham o‘rnatilmagan,avtobuslarda bepul internet va videokuzatuv tizimlari ham yo‘q.

Shavkat Mirziyoyev transport vositalarida to‘lovlarni qabul qiluvchi elektron tizimni yo‘lga qo‘yish, hamda yo‘lovchi tashish infratuzilmasini yirik rivojlangan shaharlar darajasiga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi.

Yil oxirigacha transport xizmat ko‘rsatishining yangi tizimi joriy qilinishi kerak: davlat-xususiy sherikligi asosida tumanlar va yo‘nalishlardagi transport xizmatlarini ko‘rsatish xususiy operator-dispetcherlarga topshiriladi. Buning uchun korxonalar tegishli litsenziyaga ega bo‘lishi va tenderda yutishi zarur. Bu dasturda yo‘lovchilar soni kam bo‘lgan yo‘nalishlar birinchi o‘rinda bo‘ladi. Bu sohada ishlovchi, xususiy korxonalar, «Har bir oila-tadbirkor», «Yoshlar - kelajagimiz» dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Prezident viloyatlardagi yo‘nalishlarning 30 %dan  oshig‘i faoliyat kurstamayotganligini ham qayd etib o‘tdi. Ularning me’yoriy darajada ishlashi uchun shu yilning o‘zida 400 ta, keyingi yilning oxirigacha esa- 780 ta «Isuzu» avtobuslarini sotib olish kerak.    Shuningdek, 13 ta avtokorxona xam tashkil etiladi, deb xabar beradi davlat rahbarining matbuot xizmati.

Yig‘ilishda yuk tashish sohasi ham muhokama qilindi. Yuk tashuvchilar uchun litsenziya va ruxsatnoma bilan bog‘liq jarayonlarni tubdan kamaytirish, xususiy ekspeditor jamiyatlarini tashkil etish va yuk tashuvchi transport egalariga bu sohada ishlashga imkoniyat berish taklif qilinmoqda.  

Prezident Transafg‘on,Transkavkaz, Transxitoy va boshqa avtomobil yo‘llaridan foydalanishni tezlashtirish,hamda boshqa davlatlar va yirik xorijiy korxonalar bilan O‘zbekiston hududi orqali yuklarni tashish sohasida qo‘shimcha bitimlar tuzish bo‘yicha topshiriqlar berdi